CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/Savollar va muammolar

Muammolarni hal qilish

Eng ko'p uchraydigan muammolar va ularni o'zingiz hal qilish yo'llari. Yordam bermasa — texnik yordamga yozing.

Qo'ng'iroqlar kabinetga tushmayapti

  1. Xodim telefonida ilovani oching. Bosh ekranda «Hammasi ishlayapti» yozilganmi? Sariq ogohlantirish bo'lsa, ko'rsatilgan tugmalarni bosing — Ruxsatlar va fonda ishlash.
  2. Server bilan aloqa qatorida qizil/sariq belgi bo'lsa — telefonda internet bormi, tekshiring. Internet qaytgach, navbatdagi qo'ng'iroqlar (Navbatda soni) avtomatik yuklanadi.
  3. Fon rejimi yoqilganmi va Avtostart ruxsat berilganmi (Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo).
  4. Bildirishnomalar panelida «CallHub24 faol» turibdimi? Bo'lmasa, ilovani bir marta oching.
  5. Admin panel → Xodimlar: xodim Faol holatdami va litsenziya muddati tugamaganmi.

SMS yuborilmayapti

  1. Qo'ng'iroqlar ro'yxatidagi SMS ustuniga qarang — u yerda sabab yoziladi (masalan, «Bu turdagi SMS sozlamada o'chirilgan» yoki takrorlanish cheklovi).
  2. Sozlamalar → Ish vaqti va SMS da kerakli SMS turi yoqilganmi va Saqlash bosilganmi.
  3. Telefonda SMS yuborish ruxsati berilganmi va SIM-kartada mablag' bormi.
  4. Ikki SIM'li telefonda xodimning SIM slot sozlamasi to'g'rimi — Xodimlar va litsenziya kalitlari.

Ilova «Qurilma tasdiqlanmadi» yoki faollashmaydi

  • Kalit to'g'ri kiritilganini tekshiring (katta harflar, chiziqchalar bilan).
  • Kalit boshqa telefonda faollashtirilgan bo'lsa, admin Xodimlar bo'limida Qurilmani yechish ni bossin, so'ng qayta faollashtiring.

Yozuvlar topilmayapti

  • Telefonning o'z «Telefon» ilovasida avtomatik yozuv barcha qo'ng'iroqlar uchun yoqilganmi va telefon mos keladimi — Qo'ng'iroqlarni yozib olishni yoqish.
  • Ilova sozlamalarida Yozuvlarni topish → Fayllarga to'liq ruxsat yoqilganmi.

CRM'dan «Qo'ng'iroq qilish» ishlamaydi

  • Telefon ilovasi sozlamalarida CRM'dan qo'ng'iroq («Boshqa ilovalar ustida ko'rsatish») yoqilganmi.
  • SipCall orqali qo'ng'iroq bo'lsa — API kalit kiritilgan va xodimga ichki raqam biriktirilganmi — SipCall (IP-telefoniya).

Kabinetga kira olmayapman

Texnik yordamga murojaat

Murojaatda quyidagilarni yozing — muammo tezroq hal bo'ladi:

  • kabinet raqami (admin panelda kompaniya nomi ostida, masalan Kabinet raqami: #2);
  • xodim ismi va telefon modeli;
  • muammo qachon boshlangani;
  • ilova jurnali: ilova Sozlamalar → Ilova bo'limidagi Versiya yozuvini 5 marta bosing, Diagnostika dan Nusxalash ni bosing va matnni yuboring.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish