CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/API (dasturchilar uchun)

Qo'ng'iroqlar va yozuvlar

Kompaniyaning barcha qo'ng'iroqlari — Android ilova, SipCall va Asterisk orqali kelganlari — bitta ro'yxatda: tur, davomiylik, xodim, SMS va qayta bog'lanish holati. Yozuv bor qo'ng'iroqlarning audiosini alohida yuklab olish mumkin.

Qo'ng'iroqlar ro'yxati

GET/api/v1/calls

Eng yangi qo'ng'iroqlar birinchi tartibda qaytadi, bir so'rovda eng ko'pi 1000 ta.

So'rov parametrlari

Hammasi ixtiyoriy, URL satrida (query) yuboriladi.

ParametrTuriTavsif
date_fromISO 8601Shu vaqtdan boshlab (kiritilgan). Masalan 2026-10-01T00:00:00+05:00
date_toISO 8601Shu vaqtgacha (kiritilgan). Masalan 2026-10-31T23:59:59+05:00
call_typematnincoming, outgoing, missed yoki outgoing_missed
employee_idbutun sonFaqat shu xodimning qo'ng'iroqlari (Xodimlar dagi id)
call_sourcematnandroid, sipcall yoki asterisk
searchmatnRaqam bo'yicha qidiruv (qismi ham bo'ladi): 90123

Sanani vaqt bilan yuboring

Faqat sana (2026-10-31) yuborilsa, u UTC bo'yicha 00:00 deb tushuniladi — ya'ni date_to=2026-10-31 31-oktabrni deyarli butunlay chiqarib tashlaydi. Har doim vaqt va mintaqani ko'rsating: 2026-10-31T23:59:59+05:00. URL'da + belgisini %2B deb yozing.

Misol

curl -G https://app.callhub24.uz/api/v1/calls \
  -H "Authorization: Bearer sk_live_XXXXXXXX" \
  --data-urlencode "date_from=2026-10-13T00:00:00+05:00" \
  --data-urlencode "date_to=2026-10-13T23:59:59+05:00" \
  --data-urlencode "call_type=missed"

Javob

JSON
{
  "data": [
    {
      "id": 48213,
      "employee_id": 55,
      "employee_name": "Aliyev Vali",
      "employee_phone": "+998901112233",
      "caller_number": "+998935556677",
      "call_type": "missed",
      "duration_seconds": 0,
      "created_at": "2026-10-13T06:15:42.118Z",
      "call_source": "android",
      "sim_slot": 1,
      "recording_path": null,
      "recording_mimetype": null,
      "sms_sent": true,
      "called_back": true,
      "called_back_at": "2026-10-13T06:21:03.540Z",
      "called_back_method": "employee_called",
      "gps_lat": 41.311081,
      "gps_lng": 69.240562,
      "location_enabled": true
    }
  ]
}

Maydonlar

MaydonTuriTavsif
idsonQo'ng'iroq ID'si (yozuvni yuklashda kerak)
employee_idson yoki nullXodim ID'si; xodim o'chirilgan bo'lsa null
employee_name, employee_phonematn yoki nullXodim ismi va SIM raqami
caller_numbermatnMijoz raqami (kiruvchida qo'ng'iroq qilgan, chiquvchida terilgan raqam)
call_typematnTuri — pastdagi jadvalga qarang
duration_secondssonSuhbat davomiyligi, soniya; javobsizda 0
created_atvaqt (UTC)Qo'ng'iroq vaqti
call_sourcematnandroid (telefon ilovasi), sipcall yoki asterisk
sim_slotson yoki nullTelefondagi SIM uyasi (Android)
recording_pathmatn yoki nullnull bo'lmasa — yozuv bor, uni quyidagi metod bilan yuklang
recording_mimetypematn yoki nullYozuv formati, masalan audio/mpeg
sms_sentmantiqiyShu qo'ng'iroqdan keyin mijozga avtomatik SMS ketganmi
called_backmantiqiyJavobsiz qo'ng'iroqdan keyin mijoz bilan qayta bog'lanilganmi
called_back_atvaqt yoki nullQayta bog'lanilgan vaqt
called_back_methodmatn yoki nullemployee_called — xodim o'zi qo'ng'iroq qildi; customer_called_back — mijoz qayta qo'ng'iroq qildi va javob olindi
gps_lat, gps_lng, location_enabledson / mantiqiyQo'ng'iroq paytidagi joylashuv (agar xodim telefonida yoqilgan bo'lsa)

Javobda bundan boshqa xizmat maydonlari ham bo'lishi mumkin — ularga tayanmang, ular ogohlantirishsiz o'zgarishi mumkin.

Qo'ng'iroq turlari

call_typeMa'nosi
incomingKiruvchi. duration_seconds > 0 — javob berilgan
outgoingChiquvchi, mijoz javob bergan
missedKiruvchi javobsiz (o'tkazib yuborilgan)
outgoing_missedChiquvchi, mijoz javob bermagan

1000 tadan ko'p qo'ng'iroqni olish

Sahifalash (page) yo'q — ro'yxat created_at bo'yicha kamayish tartibida. Katta davr uchun quyidagicha yuring: birinchi so'rovdan keyin olingan eng eski qo'ng'iroqning created_at qiymatini keyingi so'rovning date_to si qiling va ID bo'yicha takrorlarni olib tashlang. Javob 1000 tadan kam bo'lsa — oxiriga yetdingiz.

Python
def all_calls(date_from, date_to):
    seen, out = set(), []
    while True:
        r = requests.get(BASE + "/api/v1/calls", headers=H, timeout=60,
                         params={"date_from": date_from, "date_to": date_to})
        batch = r.json()["data"]
        out += [c for c in batch if c["id"] not in seen]
        seen.update(c["id"] for c in batch)
        if len(batch) < 1000:
            return out
        date_to = batch[-1]["created_at"]   # eng eski qo'ng'iroq vaqti

Kunlik hisobot uchun esa eng oddiy yo'l — har kuni bir kunlik oraliqni so'rash.

Qo'ng'iroq yozuvini yuklab olish

GET/api/v1/calls/{id}/audio

{id} — ro'yxatdagi qo'ng'iroq id'si. Javob — audio faylning o'zi (JSON emas), Content-Type yozuv formatiga mos (audio/mpeg, audio/mp4, audio/ogg va h.k.).

curl https://app.callhub24.uz/api/v1/calls/48213/audio \
  -H "Authorization: Bearer sk_live_XXXXXXXX" \
  -o call-48213.mp3
JavobQachon
200Audio fayl
404 {"error": "Yozuv topilmadi"}Qo'ng'iroqda yozuv yo'q, qo'ng'iroq boshqa kompaniyaniki yoki bunday ID yo'q
404 {"error": "Fayl topilmadi"}Yozuv fayli saqlash joyida yo'q (masalan, o'chirilgan)

Yozuvlar cheklangan muddat saqlanadi

Audio yozuvlar standart holatda 30 kun saqlanadi (qo'ng'iroq ma'lumotining o'zi qoladi). Arxiv kerak bo'lsa, yozuvlarni shu muddat ichida o'z serveringizga yuklab oling yoki Google Drive integratsiyasini yoqing (Integratsiyalar markazi).

Xodim telefonida qo'ng'iroqni boshlash

POST/api/v1/calls/make

CRM'dagi «qo'ng'iroq qilish» tugmasi uchun: xodimning telefoniga buyruq ketadi va raqam uning SIM-kartasidan teriladi. Suhbat tugagach qo'ng'iroq odatdagidek kabinetga va call.finished hodisasiga tushadi (Webhook: yangi qo'ng'iroqlar).

MaydonTuriMajburiyTavsif
employee_idsonhaXodim ID'si (Xodimlar)
phonematnhaMijoz raqami
cURL
curl -X POST https://app.callhub24.uz/api/v1/calls/make \
  -H "Authorization: Bearer sk_live_XXXXXXXX" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"employee_id": 55, "phone": "+998901234567"}'
JavobQachon
200 {"success": true}Buyruq telefonga yuborildi
404 EMPLOYEE_NOT_FOUNDXodim sizning kompaniyangizda yo'q
409 EMPLOYEE_INACTIVEXodim faolsiz
409 DEVICE_NOT_CONNECTEDXodim telefonida ilova hali ulanmagan — ilovani bir marta ochish kerak
callhub24.uzCallHub24 imkoniyatlari va narxlariImkoniyatlar, narxlar va 7 kunlik bepul sinov

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish