CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/Admin panel

Dashboard

Dashboard — kabinetga kirganda birinchi ochiladigan sahifa: tanlangan davrdagi qo'ng'iroqlar, SMS va xodimlar holati bir qarashda.

Dashboard: qo'ng'iroqlar soni, dinamika va xodimlar holati

Davrni tanlash

O'ng yuqoridagi tugmalar bilan davrni tanlang: Bugun, Kecha, Shu hafta, Shu oy, O'tgan oy. Barcha kartalar va grafiklar tanlangan davr bo'yicha qayta hisoblanadi.

Kartalar

KartaNimani ko'rsatadi
Jami qo'ng'iroqlarDavrdagi barcha qo'ng'iroqlar soni
KiruvchiMijoz sizga qo'ng'iroq qilgan va javob berilgan
ChiquvchiXodim mijozga qo'ng'iroq qilgan va mijoz ko'targan
JavobsizMijoz qo'ng'iroq qilgan, lekin javob berilmagan
Chiquvchi, javobsizXodim qo'ng'iroq qilgan, mijoz ko'tarmagan
SMS yuborilganAvtomatik yuborilgan SMS'lar soni

Qo'ng'iroqlar dinamikasi

Grafik qo'ng'iroqlar turlar bo'yicha qanday taqsimlanganini ko'rsatadi: bir kunlik davrda soatlar bo'yicha, uzunroq davrda kunlar bo'yicha.

Xodimlar holati

So'nggi 5 daqiqada qo'ng'iroq qilgan xodim Faol, qolganlari Nofaol deb belgilanadi. Bu kim hozir ishlayotganini tez ko'rish uchun.

Mijoz mamnunligi

Agar suhbatdan keyin baho so'rovchi SMS yoqilgan bo'lsa (Ish vaqti va SMS shablonlari), mijozlar 1 dan 5 gacha baho qo'yadi — natijalar shu yerda chiqadi.

Javobsiz qo'ng'iroqlar — qaytib bog'lanish

Pastdagi blok har bir javobsiz qo'ng'iroq bo'yicha mijoz bilan qayta bog'lanildimi yoki yo'qmi, qancha vaqtdan keyin bog'lanilganini ko'rsatadi. Batafsil: Qo'ng'iroqlar va yozuvlar.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish