Facebook va Instagram
Facebook sahifa va Instagram akkaunt bir marta ulanadi, keyin Messenger, Instagram Direct xabarlari, izohlar va Lead Ads arizalari CRM'ga tushadi.
Talablar
- Facebook sahifangiz bo'lishi va siz uning administratori bo'lishingiz kerak.
- Instagram akkaunt Business yoki Creator turida va Facebook sahifaga ulangan bo'lsin.
- Instagram'da: Sozlamalar → Xabarlar → «Allow access to messages» ni yoqing — aks holda Direct xabarlari kelmaydi.
Ulash
- Sozlamalar → Integratsiyalar → Facebook / Instagram sahifasida «Facebook orqali ulash» tugmasini bosing.
- Facebook'ga kiring, so'ralgan ruxsatlarni bering va kerakli sahifalarni belgilang.
- Qaytgach sahifa ro'yxatda «Kutilmoqda» holatida chiqadi — «Faollashtirish» ni bosing.
- Kerakli funksiyalarni tanlang: Messenger, Instagram Direct, izohlar, Lead Ads, kerak bo'lsa Bot.
Izohlarga avtomatik javob
Post ostidagi izohda kalit so'z bo'lsa (masalan «narx»), avtomatik ochiq javob yoki shaxsiy xabar yuborish qoidasini qo'shing.
Lead Ads arizalari
Facebook/Instagram reklamasidagi ariza formalari to'g'ridan-to'g'ri CRM'ga bitim bo'lib tushadi. Har bir forma uchun voronka, bosqich, teg, mas'ul xodimni taqsimlash tartibi va takror arizalar qoidasini sozlaysiz.
Meta cheklovlari
- Mijoz birinchi yozishi kerak — Meta qoidasiga ko'ra sovuq xabar yuborib bo'lmaydi.
- Javob berish muddati — 24 soat.
- Izohga faqat bitta shaxsiy javob yuborish mumkin.
Xabarlar qayerda
Xabarlar va izohlar Imbox da ko'rinadi — Imbox: Telegram va Instagram yozishmalari. Bitim Imbox'dagi «Zdelka yaratish» tugmasi bilan qo'lda yaratiladi (avtomatik yaratish ixtiyoriy, sozlamada yoqiladi).
Ulanishni istalgan vaqtda «Uzish» bilan to'xtatasiz — kirish tokeni darhol o'chiriladi, yozishmalar tarixi saqlanadi.