CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/Admin panel

Biznes analitika

Biznes analitika — qo'ng'iroqlar bo'yicha chuqur statistika: eng band soatlar, suhbat davomiyligi, SMS samaradorligi va har bir xodimning natijalari.

Biznes analitika

Asosiy ko'rsatkichlar

Yuqoridagi kartalar tanlangan davr uchun jami, kiruvchi, chiquvchi, javobsiz qo'ng'iroqlar va Muvaffaqiyat % (javob berilgan qo'ng'iroqlar ulushi)ni ko'rsatadi. Ostida oldingi davr bilan taqqoslash beriladi: o'sish yoki pasayish.

Grafiklar

  • Turlar bo'yicha dinamika — qo'ng'iroq turlari vaqt bo'yicha.
  • Eng band soatlar — hafta kunlari va soatlar kesimida issiqlik xaritasi. Rangi to'qroq katak — eng ko'p qo'ng'iroq bo'ladigan vaqt. Xodimlar jadvalini shu bo'yicha rejalashtirish qulay.
  • Qo'ng'iroq davomiyligi taqsimoti — qisqa (0–10 soniya) va uzun suhbatlar nisbati.
  • SMS muvaffaqiyat foizi — javobsiz qo'ng'iroqlarning necha foiziga SMS muvaffaqiyatli yuborilgan.

TOP-10 raqamlar

Eng ko'p qo'ng'iroq qilgan raqamlar — doimiy mijozlar yoki takror murojaat qilayotganlarni topish uchun.

Xodimlar bo'yicha statistika

Har bir xodim uchun: jami, kiruvchi, chiquvchi, javobsiz qo'ng'iroqlar, muvaffaqiyat foizi, jami suhbat vaqti, o'rtacha javob vaqti va GPS o'chiq holatlari soni. CSV yuklab olish tugmasi jadvalni faylga chiqaradi.

GPS o'chiq

Ilova qo'ng'iroq paytida joylashuv xizmati yoqilgan-yoqilmaganini qayd qiladi. Bu ustun xodim telefonida GPS necha marta o'chiq bo'lganini ko'rsatadi.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish