CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/Integratsiyalar

МойСклад

Xodimlar mobil telefondan gaplashadi — qo'ng'iroqlar yozuvi bilan МойСклад'dagi kontragent tarixiga tushadi, kiruvchi qo'ng'iroqda xodimga qo'ng'iroq kartasi chiqadi, kontragent kartasidan raqamni bosib qo'ng'iroq qilinadi. Ixtiyoriy: kontragent, zakaz va vazifa avtomatik yaratiladi.

Kerakli sahifa: Sozlamalar → Integratsiyalar → МойСклад.

Nima ishlaydi

ImkoniyatQanday
Kiruvchida kartaXodim telefoni jiringlashi bilan МойСклад'da shu xodimga qo'ng'iroq kartasi chiqadi
Qo'ng'iroqlar tarixiHar bir qo'ng'iroq (kiruvchi, chiquvchi, javobsiz) davomiyligi va yozuvi bilan kontragent tarixiga tushadi. Android ilova, SipCall va Asterisk qo'ng'iroqlari
Kartadan qo'ng'iroqKontragent kartasida raqamni bosganda qo'ng'iroq xodim telefonida, uning SIM-kartasidan boshlanadi
Kontragent, zakaz, vazifaYangi raqamdan qo'ng'iroqda — kontragent va zakaz, javobsizda — «Qayta qo'ng'iroq» vazifasi; qo'ng'iroq turi bo'yicha sozlanadi

1. МойСклад'da ilovani sozlash

  1. МойСклад'da yuqori menyudagi Решения ni oching va qidiruvda «МойСклад Phone API» ni toping.
  2. Ilova oynasida Создать новый ключ доступа ni bosing va kalitni nusxalang. Shundan keyin tugmani qayta bosmang — har bosish yangi kalit yaratadi va eskisini bekor qiladi.
  3. Внутренние номера bo'limida har bir xodimga ichki raqam yozing (masalan 101, 102).
  4. Установлено belgisini qo'ying.
  5. Адрес провайдера телефонии maydoniga vaqtincha https://app.callhub24.uz deb yozing va Сохранить ni bosing.

Saqlanmaguncha kalit ishlamaydi

«Адрес провайдера телефонии» bo'sh bo'lsa yoki «Сохранить» bosilmagan bo'lsa, МойСклад kalitni rad etadi («Неправильный ключ авторизации»).

2. CallHub24'da ulash

  1. Sozlamalar → Integratsiyalar → МойСклад ni oching.
  2. Ключ доступа maydoniga kalitni qo'ying va Ulash ni bosing.

CallHub24 kalitni darhol tekshiradi va МойСклад'dagi ichki raqamlarni yuklaydi.

3. Xodimlar va ichki raqamlar

Xodim ↔ ichki raqam jadvalida har bir CallHub24 xodimiga МойСклад'dagi raqamini yozing yoki ro'yxatdan tanlang. Yangi xodim yoki raqam qo'shilsa — Ichki raqamlarni yuklash ni bosing.

Moslanmagan xodim

Moslanmagan xodimning qo'ng'iroqlari МойСклад'ga yuborilmaydi — qaysi xodimga yozish noma'lum.

4. Kartadan qo'ng'iroq

CallHub24'dagi Адрес провайдера телефонии blokida manzil ko'rsatiladi. Uni nusxalab, МойСклад ilovasidagi shu nomli maydonga qo'ying (vaqtinchalik manzil o'rniga) va Сохранить ni bosing. Shundan keyin kontragent kartasida raqamni bosganda xodim telefoni o'zi terib beradi, suhbatdan keyin qo'ng'iroq yozuvi bilan tarixga tushadi.

5. Kontragent, zakaz va vazifa (ixtiyoriy)

Buning uchun МойСклад'ning ikkinchi kaliti — token kerak:

  1. МойСклад'da Обмен данными → Токены bo'limida Создать токен ni bosing va tokenni nusxalang.
  2. CallHub24'da Qo'ng'iroqdan МойСклад'da nima yaratilsin blokida tokenni kiritib Saqlash ni bosing.
  3. Har bir qo'ng'iroq turi (kiruvchi, javobsiz kiruvchi, chiquvchi, chiquvchi — javob bermadi) uchun kerakli amallarni belgilang:
AmalQanday ishlaydi
KontragentRaqam bazada bo'lmasa — yangi kontragent (nomi — raqam), mas'ul — qo'ng'iroq qilgan xodim. Qo'ng'iroq darhol shu kontragentga bog'lanadi
ZakazKontragentning ochiq zakazi bo'lmasa — tanlangan holatda yangi «Заказ покупателя»
VazifaXodimga «Qayta qo'ng'iroq qiling» vazifasi, muddati sozlamadan (standart 60 daqiqa), kontragentga bog'lanadi

Standart holatda hammasi o'chiq. Token bilan ichki raqamlar ham xodim ismi bo'yicha avtomatik moslanadi.

Nega kontragent qo'ng'iroqdan oldin yaratiladi

МойСклад qo'ng'iroqni kontragentga faqat qo'ng'iroq yaratilayotganda bog'laydi. Shuning uchun kiruvchi qo'ng'iroqda kontragent jiringlash paytidayoq yaratiladi va karta u bilan birga ochiladi.

Yuridik shaxs kerak

Zakaz yaratish uchun МойСклад'da kamida bitta yuridik shaxs (организация) bo'lishi kerak. Xato bo'lsa, qo'ng'iroq baribir tarixga tushadi, xato esa sozlama sahifasida ko'rinadi.

Eslatmalar

  • Xodim telefonida CallHub24 ilovasi o'rnatilgan va faollashtirilgan bo'lishi kerak (Ilovani o'rnatish va faollashtirish). Yozuv telefonning o'z avtomatik yozib olishiga bog'liq (Qo'ng'iroqlarni yozib olishni yoqish).
  • Qo'ng'iroqni kontragentga МойСклад'ning o'zi raqam bo'yicha bog'laydi. Raqam bazada bo'lmasa va «Kontragent» belgilanmagan bo'lsa, qo'ng'iroq tarixda kontragentsiz turadi.
  • SipCall yozuvlari qo'ng'iroqdan keyin yuklanadi, shuning uchun bunday qo'ng'iroq МойСклад'ga taxminan 3 daqiqadan keyin tushadi.
  • МойСклад vaqtincha javob bermasa, qo'ng'iroqlar navbatda qoladi va qayta yuboriladi. Oxirgi xato sozlama sahifasida ko'rinadi.
  • Integratsiyani uzish — kalit va moslashlar o'chiriladi, qo'ng'iroq qilish manzili ishlamay qoladi. МойСклад'ga yuborilgan qo'ng'iroqlar u yerda qoladi.
callhub24.uzIP-telefoniyaImkoniyatlar, narxlar va 7 kunlik bepul sinov

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish