CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/Integratsiyalar

SipCall (IP-telefoniya)

SipCall orqali bo'lgan qo'ng'iroqlar CallHub24 va CRM'ga tushadi, ovoz yozuvlari yuklanadi, xodimlar ichki raqamlari bo'yicha avtomatik aniqlanadi va CRM'dan bir bosishda qo'ng'iroq qilish mumkin bo'ladi.

SipCall integratsiyasi

Ulanish 3 bosqichda: (A) qo'ng'iroqlarni qabul qilish, (B) yozuvlar va qo'ng'iroq tugmasi, (C) CRM va SMS. Kerakli sahifa: Sozlamalar → Integratsiyalar → SipCall.

A. Qo'ng'iroqlarni qabul qilish

  1. cabinet.sipcall.uz ga kiring: Integratsiyalar → Maxsus integratsiya bo'limini oching va integratsiya yoqilganini tekshiring.
  2. SipCall'dagi Webhook manzili maydoniga CallHub24 sahifasidagi Webhook manzili ni nusxalab qo'ying (Nusxalash tugmasi). Hodisa turlaridan call.ended belgilangan bo'lsin va SipCall'da saqlang.
  3. SipCall imzo sirini (whsec_ bilan boshlanadi) bir marta ko'rsatadi. Uni nusxalab, CallHub24'dagi Imzo siri maydoniga qo'ying va Saqlash ni bosing.
  4. Yoqilgan belgisini qo'ying. SipCall'da Sinov hodisasi yuborish ni bosing — CallHub24'da Oxirgi hodisa vaqti paydo bo'lsa, qabul qilish ishlayapti.

Endi qo'ng'iroqlar Qo'ng'iroqlar bo'limiga tushadi — SIM ustunida «SipCall» yoziladi.

B. Yozuvlar va qo'ng'iroq tugmasi

  1. SipCall'da API kalitlar bo'limidan yangi kalit yarating (pbx_ bilan boshlanadi) va unga recordings:read (ovoz yozuvlari) hamda calls:write (qo'ng'iroq qilish) huquqlarini bering.
  2. Kalitni SipCall API kaliti maydoniga qo'yib Saqlash, so'ng Tekshirish ni bosing — ikkala huquq «ruxsat berilgan» bo'lishi kerak.
  3. Xodimlar kalit saqlanganda ism bo'yicha avtomatik moslanadi. Moslanmagan ichki raqamlar ro'yxatda chiqadi — har biriga xodimni tanlab Biriktirish ni bosing. Yangi xodim qo'shilsa, avtomatik moslash tugmasini qayta bosing.

C. CRM va SMS

  1. CRM'ga qanday tushsin — har bir qo'ng'iroq turi uchun: kontakt va bitim yaratilsinmi, qaysi voronka va bosqichga, vazifa, teg va ichki raqam xodimga moslanmasa mas'ul xodim.
  2. SMS qaysi xodim telefonidan yuborilsin — xodimni tanlang. Javobsiz kiruvchida ichki raqam bo'lmagani uchun SMS shu xodimning telefonidan ketadi; u CallHub24 ilovasini o'rnatgan bo'lishi shart. SMS matnlari: Ish vaqti va SMS shablonlari.

Qaysi qo'ng'iroqlarga SMS ketadi

Javobsiz kiruvchiga («javobsiz» shabloni, ish vaqtiga qarab), javob berilgan kiruvchi va chiquvchiga («suhbatdan keyin» shablonlari). Javobsiz chiquvchiga SMS yuborilmaydi.

CRM'dan qo'ng'iroq qilish

Kontakt, bitim kartasi va Qo'ng'iroqlar ro'yxatidagi yashil telefon tugmasi integratsiya yoqilgan, API kalit kiritilgan va xodimga ichki raqam biriktirilgan bo'lsa ko'rinadi. Bosilsa avval xodimning telefoni jiringlaydi, javob bergach mijoz ulanadi.

Xavfsizlik va uzish

Maxfiy ma'lumotlar

Webhook manzili, imzo siri va API kalit maxfiy. Sizib ketsa: Qayta yaratish ni bosib SipCall'da yangi manzilni kiriting, kalitni SipCall'da bekor qilib yangisini yarating.

Integratsiyani uzish tugmasi sir, kalit va moslashlarni o'chiradi (qo'ng'iroqlar tarixi saqlanadi). SipCall kabinetida webhook manzilini ham o'chirib qo'ying.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish