Telegram bot
Telegram bot kunlik va haftalik biznes hisobotlarini hamda obuna to'lovi eslatmalarini to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ingizga yuboradi. Ulash uchun bir necha soniya yetarli.
Bo'lim: Sozlamalar → Telegram bot. Ikkala tarifda ham mavjud — Tariflar va obunani to'lash.
Ulash
- Telegram'da ulash tugmasini bosing — Telegram ochiladi.
- Botda Start tugmasini bosing.
- Chat sahifadagi Ulangan chatlar ro'yxatida paydo bo'ladi.
Telegram ochilmasa, chiqqan havolani nusxalab, telefoningizda oching. Havola 30 daqiqa amal qiladi va bir marta ishlatiladi.
Bitta kabinetga 5 tagacha chat ulash mumkin (masalan, rahbar va hisobchi) — Yana chat qo'shish ni bosing. Chatni ro'yxatdan O'chirish bilan uzasiz. Sinov xabari hamma ulangan chatlarga namuna yuboradi.
Nimalar yuboriladi
| Xabar | Qachon | Ichida |
|---|---|---|
| Kunlik hisobot | Siz tanlagan soatda (masalan, 20:00) | Qo'ng'iroqlar, javobsizlar, eng faol xodim, eng ko'p mijoz yo'qotilgan vaqt |
| Haftalik hisobot | Har dushanba 09:00 | O'tgan hafta yakuni, xodimlar jadvali va tavsiya |
| To'lov eslatmalari | Tanlangan kunlarda, soat 10:00 | Obuna tugashiga necha kun qolgani |
Har bir xabarni alohida yoqib-o'chirasiz. To'lov eslatmasi uchun obuna tugashidan necha kun oldin eslatilishini belgilang (14, 7, 5, 3, 2, 1 kun yoki tugash kuni). Muddat tugaganda ogohlantirish har doim yuboriladi. Qo'ng'iroq bo'lmagan kuni kunlik hisobot yuborilmaydi.
O'ng tomondagi Namuna da kunlik hisobot qanday ko'rinishini oldindan ko'rasiz.
Xabarlar tili
Xabarlar tili da O'zbekcha yoki Русский ni tanlab Saqlash ni bosing. Til barcha ulangan chatlarga qo'llanadi: har bir chatga tasdiq xabari va yangi tildagi tugmalar keladi.
Botni o'chirib qo'ydingizmi
Telegram'da botni bloklasangiz yoki /stop yozsangiz, chat avtomatik uziladi. Qayta ulash uchun Telegram'da ulash ni yana bosing.
Javobsiz qo'ng'iroq nazorati
Mijoz qo'ng'iroq qildi, javob bo'lmadi va unga qayta qo'ng'iroq qilinmadi — bot buni sizga aytadi. Sozlash shu sahifaning o'zida, bot kartasi ostidagi Javobsiz qo'ng'iroq nazorati blokida.
| Bosqich | Nima bo'ladi |
|---|---|
| Javobsiz qo'ng'iroq | «Ish» ochiladi. Bir raqamdan bir necha marta qo'ng'iroq bo'lsa ham bitta ish |
| Xodimga eslatma | Belgilangan vaqtdan keyin (standart 10 daqiqa) xodimning Telegramiga, takrori bilan |
| Direktorga signal | Belgilangan vaqtda (standart 30 daqiqa) qayta qo'ng'iroq bo'lmasa — tanlangan chatlarga |
| Ish yopiladi | Xodim mijozga qo'ng'iroq qilib gaplashdi yoki mijozning o'zi qayta qo'ng'iroq qilib, javob oldi. Yoki xodim/rahbar Telegramda «Hal qilindi» ni bosdi |
| Kun yakuni | Tanlangan soatda: nechta mijoz kutdi, kim qayta qo'ng'iroq qilmadi, kim eng tez va eng sekin javob beradi |
Ish yopilganda direktorga kelgan signal xabari o'zi yangilanadi — chat yangi xabarlar bilan to'lmaydi.
Xodimlarni ulash
Eslatma xodimning o'z Telegramiga keladi. Xodimlar Telegrami ro'yxatida xodim qatoridagi Havola olish ni bosing va havolani xodimga yuboring (30 daqiqa amal qiladi). Xodim havolani ochib Start ni bossa, ulanadi. Xodimga kunlik hisobot va to'lov eslatmalari yuborilmaydi — faqat javobsiz qo'ng'iroqlar.
Eslatmadagi tugmalar bilan xodim nima bo'lganini belgilaydi: masalan «Telegram yoki boshqa yo'l bilan gaplashdik», «Xato raqam yoki spam». Bu sabablar ro'yxatini o'zingiz o'zgartirasiz.
Sozlamalar
- Vaqtlar: birinchi eslatma, takrorlash, eslatmalar soni, direktorga signal.
- Kimga yuboriladi: botga ulangan chatlardan tanlanadi; hech biri tanlanmasa — hammasiga.
- Xodim terdi, mijoz ko'tarmadi: signal shuncha vaqtga suriladi; 2 ta urinishdan keyin ish kun yakuniga «ulanmadi» bo'lib tushadi.
- Faqat ish vaqtida hisoblash: kechasi va dam olish kunlari vaqt sanalmaydi; jadval — «Ish vaqti» sahifasida. Ertalabki ro'yxat — ish boshlanganda kechasi kelgan javobsizlar.
- Qaysi qo'ng'iroqlar: hammasi yoki faqat CRM'da yo'q raqamlar; CRM'dagi mas'ul xodimga ham eslatish.
- Avto-SMS ketsa ishni yopish — odatda o'chiq: SMS faqat eslatma, mijoz bilan gaplashish kerak.
Tekshirish
Sinov signali tugmasi tanlangan chatlarga namunaviy signal yuboradi — qanday ko'rinishini oldindan ko'rasiz.