Asterisk (IP-telefoniya)
O'z Asterisk PBX serveringiz bo'lsa, u orqali bo'lgan qo'ng'iroqlarga ham CallHub24 avtomatik SMS yuboradi. Ulashning ikki usuli bor.
Tayyorgarlik
Sozlamalar → Integratsiyalar → Asterisk sahifasini oching va Yoqilgan belgisi turganini tekshiring.
1-usul: connector dasturi
- Webhook manzili ni Nusxalash tugmasi bilan oling.
- Connector dasturi va o'rnatish qo'llanmasi uchun support@callhub24.uz ga yozing. Dastur Asterisk serveringizga o'rnatiladi, nusxalangan manzil uning
.envfayliga kiritiladi.
2-usul: AMI orqali to'g'ridan-to'g'ri
Asterisk provayderingiz AMI ma'lumotlarini bergan bo'lsa, AMI orqali to'g'ridan-to'g'ri ulanish bo'limiga Host, Port, Username, Secret ni kiriting — hech narsa o'rnatish shart emas.
Xodimlar va SMS
- Xodim ↔ ichki raqam moslashtirishida har bir xodimga uning ichki raqamini (extension, masalan
101) kiriting. - SMS qaysi xodim(lar) qurilmasidan yuborilsin — rejimni tanlang: ichki raqam bo'yicha yoki belgilangan xodimlar orasida navbat bilan.
Tekshirish
Asterisk'dan sinov qo'ng'iroq qiling — Oxirgi marta signal qabul qilindi qatorida vaqt paydo bo'lishi kerak.
Eslatmalar
- Qayta yaratish bosilsa, eski webhook manzili ishlamay qoladi — connector sozlamasida ham yangilang.
- AMI ulanishi uzilsa, Asterisk qo'ng'iroqlari uchun avto-SMS to'xtaydi.