CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/CrmHub24

Triggerlar va avtomatik SMS

Takroriy ishlarni CRM'ga topshiring: bitim bosqichga o'tganda vazifa qo'yish, mas'ulni almashtirish, qotib qolgan bitimni ko'chirish va mijozga avtomatik SMS yuborish.

Triggerlar

Triggerlar

Trigger — «agar shunday bo'lsa, shuni qil» qoidasi. + Yangi trigger qo'shish ni bosing va sozlang:

  1. Qaysi bosqichni kuzatadi — voronka bosqichini tanlang.
  2. Hodisa:
  • Bosqichga o'tganda (darhol) — bitim shu bosqichga kirishi bilan;
  • Bosqichda muddat o'tsa (qotib qolsa) — bitim bosqichda belgilangan vaqtdan (daqiqa, soat, kun, hafta) ko'p tursa.
  1. Amal:
  • Boshqa bosqichga ko'chirish (qotib qolganda) — masalan, 3 kun javob bo'lmasa «Yutqazildi»ga;
  • Mas'ul xodimni o'zgartirish;
  • Vazifa yaratish — joriy mas'ulga yoki aniq xodimga, kerak bo'lsa muddat bilan.
  1. Bu trigger yoqilgan bo'lsin belgisini qo'yib saqlang.

Misol: «Taklif yuborildi» bosqichiga o'tganda → «3 kundan keyin qayta qo'ng'iroq qilish» vazifasi joriy mas'ulga.

Trigger bajargan har bir amal bitim tarixiga yoziladi.

Avtomatik SMS (bosqich bo'yicha)

Avtomatik SMS

Bitim ma'lum bosqichga o'tganda kontaktga avtomatik SMS ketadi. + Yangi bosqich uchun SMS sozlash ni bosing, bosqichni, yuboruvchini (masalan, mas'ul xodimdan) va matnni tanlang.

Matnda ishlatiladigan o'zgaruvchilar: {ism}, {telefon}, {bitim}, {byudjet} va istalgan maxsus maydoningiz (masalan {xizmat_turi}).

SMS shablonlari

SMS shablonlari

Xodimlar CRM'dan mijozga SMS yuborganda matnni har safar yozmasdan, tayyor shablondan tanlaydi. Shablonda ham {ism}, {telefon}, {bitim}, {byudjet} o'zgaruvchilari ishlaydi — tanlanganda o'rniga haqiqiy qiymat qo'yiladi.

Javobsiz qo'ng'iroq SMS'lari bu yerda emas

Javobsiz qo'ng'iroqqa va suhbatdan keyingi SMS'lar admin panelda sozlanadi — Ish vaqti va SMS shablonlari.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish