CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/API (dasturchilar uchun)

Xodimlar

Kompaniya xodimlari ro'yxati — qo'ng'iroqlarni xodim bo'yicha guruhlash va employee_id filtrini ishlatish uchun.

Xodimlar ro'yxati

GET/api/v1/employees

Parametrsiz. Barcha xodimlar (faol va faolsiz) qaytadi, eng yangi qo'shilgani birinchi.

curl https://app.callhub24.uz/api/v1/employees \
  -H "Authorization: Bearer sk_live_XXXXXXXX"

Javob

JSON
{
  "data": [
    {
      "id": 55,
      "name": "Aliyev Vali",
      "company_id": 12,
      "is_active": true,
      "department": "Sotuv",
      "crm_role": "agent",
      "created_at": "2026-09-02T09:41:10.000Z"
    }
  ]
}

Maydonlar

MaydonTuriTavsif
idsonXodim ID'si — GET /api/v1/calls?employee_id= uchun
namematnXodim ismi (admin panelda kiritilgani)
company_idsonKompaniyangiz ID'si
is_activemantiqiyFaol xodim — litsenziya o'rnini egallaydi, ilovasi ishlaydi
departmentmatn yoki nullBo'lim
crm_rolematnCrmHub24'dagi roli: agent — oddiy xodim, manager — rahbar
created_atvaqt (UTC)Qo'shilgan vaqti

Maxfiy ma'lumotlar qaytmaydi

Xavfsizlik uchun ro'yxat xodimning litsenziya kaliti (u faqat xodim yaratilganda bir marta qaytadi), qurilma ma'lumoti, PIN-kodi, SIM raqami va bonus foizini bermaydi. Xodim raqami kerak bo'lsa, u qo'ng'iroqlar ro'yxatida employee_phone maydonida bor (Qo'ng'iroqlar va yozuvlar).

Xodim qo'shish

POST/api/v1/employees

{"name": "Karimova Dilnoza"} — javobda license_key: shu kalit bilan xodim telefonidagi CallHub24 ilovasi faollashtiriladi.

JSON
{ "data": { "id": 61, "name": "Karimova Dilnoza", "license_key": "EMP-7K2Q-9XMA", "is_active": true } }

Faol xodimlar soni litsenziya o'rinlaridan oshmaydi: o'rinlar to'lgan bo'lsa xodim faolsiz qo'shiladi va javobda "warning": "seat_limit" bo'ladi (admin paneldagi bilan bir xil qoida).

Faollashtirish va faolsizlantirish

PATCH/api/v1/employees/{id}

{"is_active": false} — xodim faolsizlanadi va litsenziya o'rnini bo'shatadi; {"is_active": true} — faollashtiriladi. O'rinlar to'lgan bo'lsa 409 SEAT_LIMIT. Xodim API orqali o'chirilmaydi — qo'ng'iroqlar tarixi saqlanishi uchun faqat faolsizlantiriladi.

callhub24.uzCallHub24 imkoniyatlari va narxlariImkoniyatlar, narxlar va 7 kunlik bepul sinov

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish