CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/API (dasturchilar uchun)

Xatolar va cheklovlar

API javob kodlari, xato matnlari va chegaralar — integratsiyangiz har bir holatni to'g'ri qayta ishlashi uchun.

Xato formati

Muvaffaqiyatsiz so'rov JSON qaytaradi: error — inson o'qiydigan sabab, ba'zi holatlarda code — dastur tekshirishi uchun barqaror kod.

JSON
{ "error": "Litsenziya muddati tugagan", "code": "LICENSE_EXPIRED" }

Dasturda HTTP kodi va code ga tayaning — error matni o'zgarishi mumkin.

HTTP kodlari

KodcodeMa'nosi va nima qilish kerak
200—Muvaffaqiyatli
400—So'rov noto'g'ri: majburiy maydon yo'q, raqam formati yoki SMS yuboruvchi sozlanmagan. error matnini o'qing
401—Kalit yuborilmagan, sk_live_ bilan boshlanmaydi, noto'g'ri yoki bekor qilingan. Kalitni tekshiring
403COMPANY_INACTIVEKompaniya faol emas (bloklangan). Texnik yordamga murojaat qiling
403LICENSE_EXPIREDLitsenziya muddati tugagan. Obunani uzaytiring — Tariflar va obunani to'lash
403FEATURE_DISABLEDTarifingizda API yoqilmagan
404—Obyekt topilmadi (masalan, yozuv yo'q yoki qo'ng'iroq boshqa kompaniyaniki)
429—Kalit bo'yicha daqiqasiga 60 so'rovdan oshdi. Bir daqiqa kuting
429DUPLICATE_PHONEShu raqamga 60 soniya ichida SMS allaqachon navbatga qo'yilgan
500—Server xatosi. Biroz kutib qayta urining; takrorlansa texnik yordamga yozing

Chegaralar

ChegaraQiymat
So'rovlar soniHar bir kalit uchun daqiqasiga 60 ta
GET /api/v1/calls javobiEng ko'pi 1000 ta qo'ng'iroq (eng yangilari)
Bir raqamga SMS60 soniyada 1 ta
Webhook javob kutish10 soniya, qayta urinish yo'q
Yozuvlar saqlanishiStandart 30 kun

Qayta urinish tavsiyasi

  • 429 va 500 — qayta urinish mumkin: 1, 2, 4, 8 soniya oraliq bilan, ko'pi bilan 5 marta.
  • 400, 401, 403, 404 — qayta urinish foydasiz: avval sababni tuzating.
  • POST /api/v1/sms/send ni 500 dan keyin qayta yuborsangiz, takror himoyasi (DUPLICATE_PHONE) ikki marta yuborilishdan saqlaydi — 60 soniya ichida.
JavaScript
async function callhub(path, init = {}, attempt = 0) {
  const res = await fetch('https://app.callhub24.uz' + path, {
    ...init,
    headers: { Authorization: 'Bearer ' + process.env.CALLHUB24_API_KEY, 'Content-Type': 'application/json', ...init.headers }
  });
  if ((res.status === 429 || res.status >= 500) && attempt < 5) {
    await new Promise((r) => setTimeout(r, 1000 * 2 ** attempt));
    return callhub(path, init, attempt + 1);
  }
  const body = res.headers.get('content-type')?.includes('json') ? await res.json() : res;
  if (!res.ok) throw Object.assign(new Error(body.error), { status: res.status, code: body.code });
  return body;
}

Xavfsizlik tavsiyalari

  • Har bir tashqi tizim uchun alohida kalit yarating — biri sizib ketsa, faqat uni bekor qilasiz (API kalitlari).
  • Kalitni muhit o'zgaruvchisida (CALLHUB24_API_KEY) yoki maxfiylar omborida saqlang, kodga yozmang.
  • Sozlamalar → API dagi «oxirgi ishlatilgan» vaqtini kuzating — kutilmagan faollik bo'lsa kalitni almashtiring.
callhub24.uzCallHub24 imkoniyatlari va narxlariImkoniyatlar, narxlar va 7 kunlik bepul sinov

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish