CallHub24Yordam markazi
Bosh sahifa/SMS avtomatlashtirish

Ish vaqti va SMS shablonlari

Sozlamalar → Ish vaqti va SMS bo'limida ish jadvalini va avtomatik SMS matnlarini belgilaysiz: javobsiz qo'ng'iroqqa, ish vaqtidan tashqarida, suhbatdan keyin va baho so'rash uchun.

Sozlamalar: Ish vaqti va SMS

Ish jadvali

Har bir hafta kuni uchun belgini qo'ying va ish boshlanish hamda tugash vaqtini kiriting. Belgilanmagan kun — dam olish kuni. Jadval qaysi SMS shabloni ishlatilishini belgilaydi: ish vaqti ichida yoki ish vaqtidan tashqarida.

SMS turlari

Har bir tur alohida yoqiladi — tegishli katakchaga belgi qo'ying, matnni yozing va pastdagi Saqlash ni bosing.

SMS turiQachon yuboriladi
Ish vaqti ichida javobsiz qo'ng'iroqqaMijoz ish vaqtida qo'ng'iroq qildi, lekin javob berilmadi
Ish vaqtidan tashqarida javobsiz qo'ng'iroqqaMijoz ish vaqtidan tashqari qo'ng'iroq qildi
Kiruvchi suhbat tugagach «rahmat» SMS'iMijoz sizga qo'ng'iroq qildi va gaplashdingiz
Chiquvchi suhbat tugagach alohida SMSSiz mijozga qo'ng'iroq qildingiz va gaplashdingiz
Baho so'rash SMS'iHar qanday suhbatdan keyin, mijozdan 1–5 baho so'rab

SMS xodimning telefonidan ketadi

Xabar qo'ng'iroq bo'lgan xodimning telefonidan, o'sha SIM-kartadan oddiy SMS sifatida yuboriladi. Shuning uchun xodim telefonida CallHub24 ilovasi faollashtirilgan va SMS yuborish ruxsati berilgan bo'lishi kerak.

Matndagi o'zgaruvchilar

YozingO'rniga qo'yiladi
{xodim}Qo'ng'iroqni qabul qilgan yoki qilgan xodimning ismi
{telegram}Xodimning Telegram havolasi (Xodimlar bo'limida kiritiladi)
{sahifa}Xodimning sahifa havolasi
{baholash}Faqat baho SMS'ida: mijoz bosib 1–5 baho beradigan havola

Agar {telegram} yoki {sahifa} xodim uchun kiritilmagan bo'lsa, shu o'zgaruvchi turgan qator butunlay tashlab yuboriladi — mijozga bo'sh joy ketmaydi.

Misol:

Assalomu alaykum! Siz Demo Savdo'ga qo'ng'iroq qildingiz, biz hozir band edik.
Tez orada qayta aloqaga chiqamiz.
Mening telegramim: {telegram}

SMS takrorlanishini boshqarish

Bir mijoz qayta-qayta qo'ng'iroq qilsa, unga har safar SMS ketmasligi uchun har bir tur ostida rejim tanlang:

  • Har doim yuborilsin — har bir qo'ng'iroqda.
  • Faqat bir marta — bu raqamga bir marta yuborilgach, boshqa yuborilmaydi.
  • Har N-qo'ng'iroqda — masalan 3 kiritilsa: 1-, 4-, 7-chi qo'ng'iroqda yuboriladi.
  • X soatdan keyin — masalan 24 kiritilsa: oxirgi SMS'dan keyin 24 soat o'tmaguncha qayta yuborilmaydi.

Qo'ng'iroqlar ro'yxatida SMS nima uchun yuborilmaganini ko'rasiz (masalan, «Oxirgi SMS'dan beri 2/7-chi qo'ng'iroq») — Qo'ng'iroqlar va yozuvlar.

Tekshirish

Sozlamani saqlagach, boshqa raqamdan xodimga qo'ng'iroq qiling va javob bermang. Bir necha soniyada o'sha raqamga SMS kelishi kerak. Kelmasa: Muammolarni hal qilish.

Javob topmadingizmi?

Texnik yordam bilan bog'laning — kabinetdagi «Texnik yordam» tugmasi yoki Telegram orqali.

Telegram orqali yozish