amoCRM
amoCRM bilan ishlash ikki qismdan iborat: vidjet (amoCRM ichida bir bosishda qo'ng'iroq va SMS, kiruvchi qo'ng'iroqda kartani ochish) va ulanish (qo'ng'iroqlar amoCRM'dagi kontakt va zdelkalarga o'zi yoziladi). Ikkalasi ham kerak.
A. Vidjetni o'rnatish
- amoCRM'ga administrator huquqli hisob bilan kiring, amoMarket bo'limidan CallHub24 vidjetini toping va O'rnatish ni bosing. Ruxsat so'ralganda tasdiqlang.
- O'rnatgach amoCRM sizni CallHub24 sahifasiga olib o'tadi. CallHub24'da hisobingiz bo'lsa — «Ha, mavjud hisobimni ulayman» (email va parol), bo'lmasa — «Yo'q, yangi hisob yarataman». Oxirida vidjet kaliti ko'rsatiladi — uni nusxalab oling.
- amoCRM'da vidjet sozlamalarini oching (Sozlamalar → Integratsiyalar → CallHub24), «Ключ виджета» maydoniga kalitni qo'ying va saqlang. Kalit yo'qolgan bo'lsa — CallHub24'dagi Vidjet tabidan Yangi kalit yaratish ni bosing.
B. Hisobni ulash va xodimlarni moslash
- Subdomen maydoniga amoCRM manzilining birinchi nuqtagacha qismini yozing (
https://mycompany.amocrm.rubo'lsa —mycompany) va Ulash ni bosing. Ochilgan oynada CallHub24'ga ruxsat bering (oyna ochilmasa, brauzerda popup'larga ruxsat bering). Holat Ulangan bo'lishi kerak. - Xodimlar moslashtirish tabida har bir CallHub24 xodimini amoCRM foydalanuvchisiga bog'lang va Sinxronlash ni bosing. Yangi xodim qo'shilsa, qayta bosing.
Qo'ng'iroq xodim telefonidan
Vidjetdagi qo'ng'iroq va SMS xodimning o'z telefonidagi CallHub24 ilovasi orqali ketadi — ilova faollashtirilgan bo'lishi kerak.
C. Ssenariylar va avto-SMS
- Ssenariylar tabida har bir qo'ng'iroq turi (kiruvchi, chiquvchi, javobsiz) uchun: kontakt va zdelka yaratilsinmi, qaysi voronka va bosqichga, vazifa, teg. Screen-pop belgisi kiruvchi qo'ng'iroqda mijozning amoCRM'dagi zdelka kartasini avtomatik ochadi. Barchasini saqlash ni bosing.
- Ixtiyoriy — Avtomatik SMS tabi: zdelka tanlangan bosqichga o'tganda mijozga SMS ketadi. Matnda
{ism}— kontakt nomi.
Sinab ko'rish
amoCRM'da kontakt yoki zdelkadagi telefon raqamini bosing — xodim telefonida qo'ng'iroq boshlanadi. «SMS yuborish» menyusida CallHub24 ni tanlang. Biror raqamdan qo'ng'iroq qilib, u amoCRM'da zdelka yoki kontaktga yozilganini tekshiring.
Muammo bo'lsa
- Vidjetda qo'ng'iroq/SMS ishlamasa — kalit amoCRM sozlamasidagi bilan bir xilmi, xodim moslanganmi va ilova ochiqmi, tekshiring.
- Zdelka yozilmasa — holat Ulangan mi va Ssenariylarda tegishli tur yoqilganmi.
- Birinchi qo'ng'iroqda karta ochilmadi — mijoz amoCRM'da hali yo'q bo'lsa, zdelka qo'ng'iroq tugagach yaratiladi. Screen-pop uchun amoCRM ochiq turgan bo'lishi kerak.
Vidjet kaliti
Yangi kalit yaratilsa, eskisi darhol ishlamay qoladi — amoCRM vidjet sozlamasida ham yangilang.